Ikardi "Napoli"ga o‘tishga rozi bo‘ldi

  • 22.08.2019 09:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Inter" hujumchisi Mauro Ikardi "Napoli"ga o‘tishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “neradzurrilar” ham 26 yoshli argentinalik futbolchini neapolliklarga 26 mln evroga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lishgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ikardi faqatgina “Yuventus”ga o‘tmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Ikardi “Inter” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum 37ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 17ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!