
Ikardi va Nainggolan "Inter"ning ilk mavsumoldi yig‘iniga taklif etildi
Milanning "Inter" klubi o‘zining rasmiy saytida Shveytsariyadagi yig‘inga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Ular orasida Raja Nainggolan va hujumchi Mauro Ikardi ham bor. Qizig‘i, bundan avvalroq "neradzurrilar" bosh direktori Beppe Marotta Ikardi va Nainggolan ularning rejasiga kirmasligini aytib o‘tgan edi.
Ma’lumot uchun, Shveytsariyadagi yig‘in 8-14 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar