Ikardining rafiqasi Vanda o‘limini kutyapti

  • 4 avgust, 2023, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinalik hujumchining agenti va rafiqasi Vanda Nara og‘ir xastalik bilan kurashayotganini tan oldi.

Tecno

Ommaviy axborot vositalari Vandada leykemiya – oqqon kasalligi aniqlangani haqida ma’lumot tarqatgan edi.

- Shokdaman va bularning barchasini hazm qilishga urinyapman. Menga hech kim hech narsa aytmadi, chunki haqiqatni bilish juda og‘ir.

Avvaliga hamshiralar keldi va meni quchoqladi. Talvasaga tushib qoldim, menga nima bo‘layotganini bilmasdim. Shifokorlar oltita kasallikka gumon qilishdi. Shuning uchun menga hech narsa deyishmadi.

Mauroga “Men o‘laman, lekin bular menga hech narsa deyishmayapti”, deb nolidim.

Mauro faoliyatini tugatmoqchi bo‘ldi, singlim Zaira ta’tilini bekor qildi, onam yonimda qolish uchun erda yotdi, farzandlarim axborotlarni o‘qib yig‘ladi. Hammasi barbod bo‘ldi, - dedi Vanda Nara.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Jamol Pasiev
04/08/2023 10:32
Оллох шифосини берсин