Ikardining transferi bo‘yicha shaxsan Anchelottining o‘zi ishlamoqda

  • 12.08.2019 20:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Napoli" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Inter" forvardi Mauro Ikardining transferi bo‘yicha o‘tkazilayotgan muzokaralarda ishtirok etmoqda.

Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra italiyalik mutaxassis argentinalik futbolchiga shaxsan o‘zi qo‘ng‘iroq qilib, uni Neapolga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Napoli”  Ikardiga yiliga 10 mln evro maosh taklif qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga esa shuningdek “Yuventus” va “Roma”dan ham qiziqishlar bor. “Inter” esa uni qo‘yib yuborishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!