Ikki kun ichida “Manchester Yunayted”ga o‘tishim kerak

  • 25 avgust, 2022, 14:05
  • 0
  • Futbol

"Ayaks" hujumchisi Antoni "Manchester Yunayted"ga o‘tmoqchi, deb xabar berdi “Football Transfers” nashri.

Manbaga ko‘ra, 22 yoshli braziliyalik yaqin ikki kun ichida "qizil iblislar" bilan kelishuvga erishish iltimosi bilan Amsterdam klubi rahbariyatiga murojaat qilgan.

Qayd etilishicha, hujumchi kelishuv iqtisodiy jihatdan o‘zi uchun ham, “Ayaks” uchun ham foydali bo‘lishiga ishonmoqda.

Shu bilan birga, Antoni vakillari bir necha kundan buyon Manchester shahridan uy izlashni boshlab yuborgan.

Avvalroq, “Manchester Yunayted” Antoni uchun 94 million evro to‘lashga tayyorligi haqida xabar berilgandi.

Joriy mavsumda hujumchi amsterdamliklarning barcha turnirlar doirasidagi 3 ta o‘yinda  maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Braziliyalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!