
Ikki narsa Messining hafsalasini pir qildi
Lionel Messi ikki mavsum davomida PSJda o‘ynaganidan keyin Evropa futbolini tark etdi va endi AQShning “Inter Mayami” jamoasi sharafini himoya qiladi.
Argentinalik yulduz Parij klubidagi hayoti haqida yangi ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashishda davom etmoqda.
- Maqsadim – hamma narsani yutish. Ulardan biri Chempionlar ligasidagi g‘alaba. PSJdagi ikki yil davomida bu turnirda g‘olib chiqolmadim. Mana shu narsa ikki marta hafsalamni pir qildi.
Klub rahbariyatining Chempionlar ligasida g‘olib chiqish orzusiga qaramay, qo‘lga kiritilgan boshqa sovrinlarga ham e’tibor qaratish kerak, - dedi Lionel Messi.
Fikrlar