
Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar jamoasi "JCh-2026" saralash uchrashuviga tayinlov oldi
Xabaringiz bor, 2026 yilda Shimoliy Amerikada o‘tkazilishi rejalashtirilgan futbol bo‘yicha Jahon chempionati uchun Osiyo qit’asi saralash uchrashuvlari o‘tgan yilning oktyabr oyida boshlangan va saralashning dastlabki bosqichda hakamlarimiz 3 ta uchrashuvni boshqargan edi.
Saralashning ikkinchi bosqichidan o‘rin olgan Yaman – BAA uchrashuvini Ilgiz Tantashev boschiligidagi hakamlar jamoasi boshqarib boradi. Qanotlarda unga Andrey Tsapenko hamda Timur Gaynullin yordam bersa, yana bir hamyurtimiz Asker Najafaliev zaxira hakami vazifasini bajarishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, ushbu bosqich doirasidagi Falastin – Bangladesh bahsiga yana bir vakilimiz — Vladislav Tseytlin hakamlar nazoratchisi sifatida tayinlov olgan.
Fikrlar