Ilyos Zeytullaev: "Himoyachilarimga umuman e’tirozim yo‘q"

  • 19 may, 08:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 10-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Navbahor” (2:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Ilyos Zeytullaev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu borada klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

-  Yigitlarga borini bergani uchun minnatdorchilik bildiraman! 

-  Himoyachilarning harakatlariga qanday baho berasiz?

-  Himoyachilarimga umuman e’tiroz yo‘q. Ular juda yaxshi harakat qilishdi. Jangchi ular!

-  Bugungi o‘yindan avval rejalar qanday edi?

-  Futbol o‘ynash va undan rohat olish!

-  Mag‘lubiyatni nima bilan bog‘lagan bo‘lardingiz?

-  Rosti, bu savolga javob berish qiyin.

-  Balki bugun “Navbahor” yaxshi o‘ynagandir?

-  Hozir aniq fikr bildira olmayman, faqat qo‘l ostimdagi yigitlarga rahmat aytishim mumkin. Sababi, ular bilan katta yo‘lni bosib o‘tdik. Ular bilan faxrlanaman! 

-  Natija adolatlimi?

-  O‘zingiz nima deb o‘ylaysiz?

-  Menimcha bahsli.

-  Savolingizga o‘zingiz javob berdingiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!