Inesta faoliyatini Osiyoda davom ettiradigan bo‘ldi

  • 8 avgust, 2023, 05:02
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqindagina "Vissel Kobe" bilan xayrlashib, erkin agentga aylangan Andres Inestaning keyingi manzili ma’lum. U BAA chempionatiga yo‘l oldi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. 

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, "Barsa" afsonasi "Emireyts" klubi bilan 1 yillik bitim imzolagan. Shu bilan birga, shartnomani yana bir yilga uzaytirish imkoni ham bor. Ayni damda yarim himoyachi Dubayga etib kelgan. 

39 yoshli futbolchiga boshqa klublardan ham qiziqishlar bo‘ldi. Ular orasida "Inter Mayami" ham bor edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!