
Instagram daromad manbayi. Messi va Neymar birlashib, Ronalduga eta olmadi
Ijtimoiy tarmoq hozir muloqot qilish bilan bir qatorda, mashhur insonlar uchun yaxshigina daromad manbaga aylangan. Qo‘yida sizlarning e’tiboringizga Instagram sahifasidan millionlab dollar ishlab topayotgan sportchilar bilan tanishtiramiz.
5. Neymar (139 mln obunachi)
Braziliyalik erkatoy dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biri hisoblanadi. Parij klubida o‘tkazgan har bir mavsumi uchun Neymar bonuslar bilan 40 million dollarni o‘z hisobiga o‘tkazib oladi. Uning Instagram reklamalaridan topgan daromadi esa 8,1 millionni tashkil qiladi. Futbolchi ushbu tarmoqda 139 milliondan ziyod obunachini qamrab olgan.
4. Devid Bekxem (63,1 million obunachi)
Angliyalik sobiq futbolchining Instagramdagi bitta postiga yangi Lamborjini olsa bo‘ladi. Asosiy reklama daromadi H&M va Adidas brendlari ortidan keladigan Bekxemning ushbu ijtimoiy tarmoqdagi yillik daromadi 11,6 million dollarni tashkil qiladi. Umumiy hisoblaganda, Devidning yillik byudjeti 70 million atrofida bo‘ladi.
3. Virat Koxli (63 million obunachi)
"Chikoo" nomi bilan mashhur hindistonlik sportchi Virat Koxli kriketchilar orasida eng qimmatbaholaridan biri hisoblanadi. Forbes ma’lumotiga ko‘ra, Koxli yiliga 24 million evro ishlab topadi va uning asosiy qismini Instagramdan keladigan mablag‘ tashkil qiladi. BizzBingo nashri uning reklama byudjetini 15,6 million dollarga baholadi.
2. Lionel Messi (154 million obunachi)
Ijtimoiy tarmoq orqali daromad qilish bo‘yicha ikkinchi o‘rinni "Barselona" sardori Lionel Messi egalladi. Argentinalik forvard jahonning eng ko‘p daromad qiluvchi futbolchisi hisoblanadi. Ortda qolgan bir yil mobaynida Leo Instagram ortidan 30,4 million evro topdi.
154 million o‘quvchiga ega "Barselona" superto‘purari o‘z sahifasida asosan Pepsi, Adidas va Konami brendlari reklamasini joylaydi.
1. Krishtianu Ronaldu (223 million obunachi)
Krishtianu Ronaldu o‘tgan yilda Instagram sahifasi ortidan eng ko‘p daromad qilgan sportchi bo‘ldi.
So‘nggi bir yil mobaynida super hujumchi jami 43 ta reklama posti joylagan va umumiy miqdorda 50,3 million evro ishlab olgan. Uning bitta posti 1,7 millionni tashkil qiladi.
Shunday qilib, uning Instagramdan topgan daromadi "Yuventus"dan oladigan maoshidan anchagina yuqori. Uning Turin klubidagi yillik maoshi 30 million dollardan oshadi.
Fikrlar