
"Inter" A Seriya peshqadamligini o‘z qo‘liga oldi (video)
Italiya A Seriyasining 22-turida “Inter” o‘z maydonida “Latsio”ni qabul qildi.
Milandagi o‘yinda 3:1 hisobida “neradzurrilar”ning qo‘li baland keldi. Shu kuni “Inter”ga g‘alaba keltirgan gollarga Romelu Lukaku (22', 45') va Lautaro Martines (64') mualliflik qilgan bo‘lsa, “Latsio”ning yagona golini Sergey Milinkovich-Savich (61') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar