
“Inter” “Barsa” kutmagan javobni qildi
So‘nggi bir necha oy davomida “Inter” va “Barselona” argentinalik hujumchi Lautaro Martines transferi bo‘yicha faol muzokara olib bordi. Muhokamalar jarayonida turli variantlar ko‘rib chiqildi.
Kutilmaganda “Inter” sport direktori Juzeppe Marotta Lautaro Martines sotilmasligini e’lon qildi.
- Lautaro ko‘p grandlar e’tiborini qozongani hammaga ma’lum. Ko‘pchilik uni qo‘lga kiritishni istaydi. Lekin biz eng zo‘r futbolchilarimizning o‘zlari istamaguncha ularni sotmaymiz. Lautaro ham o‘ziga bo‘layotgan qiziqishlardan xabardor, lekin u bizga jamoadan ketmoqchiligini aytmagan, - dedi Marotta.
Lautaro Martines shartnomasida uning badal puli 111 million evro qilib belgilangan. Lekin bu summa 7 iyulgacha amal qiladi. Keyin uning transfer summasi yana ko‘tariladi.
Fikrlar