«Inter» Chaloba o‘rniga boshqa himoyachini sotib olishi mumkin
«Galatasaray» markaziy himoyachisi Davinson Sanches yaqin vaqtlarda «Inter» safini toʻldirishi mumkin. Bu haqida futbol boʻyicha insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manba maʼlumotiga koʻra, «Inter» Sanches nomzodini «Chelsi» himoyachisi Trevo Chaloba oʻrniga koʻrib chiqmoqda. Xabarda taʼkidlanishicha, kolumbiyalik futbolchining «neradzurrilar» safiga oʻtishi Chaloba boʻyicha kelishuvga qaraganda ancha real variant sifatida baholanmoqda. Shu bilan birga, milanliklar himoya chizigʻini kuchaytirish uchun boshqa nomzodlarni ham oʻrganayotgani qayd etilgan.
2025/26 yilgi mavsumda Sanches barcha musobaqalar doirasida 45 ta oʻyinda maydonga tushib, ikki marta golli pas berdi.
30 yoshli futbolchining «Galatasaray» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyunigacha moʻljallangan. Transfermarkt portali bahosiga koʻra, kolumbiyalik himoyachining bozor qiymati 16 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar