"Inter" "Chelsi" futbolchisini olib qolmaydi

  • 21 may, 2020, 09:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" klubi “Chelsi”dan ijaraga olingan yarim himoyachi Viktor Mozesni tarkibda olib qolmaydi.

Football Italia tarqatgan xabarga ko‘ra, “neradzurrilar”da 29 yoshli nigeriyalik futbolchini 12 mln evro evaziga to‘liq sotib olish huquqi bor, ammo ular bu imkoniyatdan foydalanmoqchi emas. Milanliklar Mozes uchun faqatgina 6 mln evro to‘lashlari mumkinligini ma’lum qilishgan. “Aristokratlar” esa bunga rozi bo‘lmayapti va shu bois Mozes yozda Londonga qaytib keladi.

“Inter” Mozesni qishda ijaraga olgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 7 ta o‘yinda ishtirok etdi va 1 ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!