"Inter" Jeko masalasida "Roma" bilan til topisha olmayapti

  • 30 iyul, 2019, 09:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning "Inter" klubi hamon Edin Jekoning transferi masalasida "Roma" bilan kelishuvga erisha olmayapti.

GianlucaDiMarzio.com tarqatgan xabarga ko‘ra “neradzurrilar” 33 yoshli bosniyalik hujumchi uchun 15 mln evro taklif qilishmoqda, biroq, rimliklar uni 20 mln evrodan kamiga qo‘yib yuborishmoqchi emas.

Bundan tashqari, “Roma”ning yangi bosh murabbiyi Paulu Fonseka ham Jekoning sotib yuborilishiga qarshi chiqmoqda.

Ma’lumot uchun, Jeko o‘tgan mavsum “Roma” safida jami 40ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 14ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!