
"Inter" Martinesni sotmoqchi, ammo...
"Inter"ning argentinalik hujumchisi Lautaro Martines yozgi transfer oynasida Milan klubini tark etishi mumkin, deya xabar bermoqda insayder Ekrem Konur.
Manbaga ko‘ra, agar 80 million evrolik taklif tushsa, "neradzurrilar" argentinalik hujumchi bilan xayrlashishga tayyor.
Qayd etilishicha, unga "Arsenal", "Tottenxem" va "Atletiko" klublari qiziqish bildirmoqda. Martines esa "Inter"dan ketishni istamayapti.
Lautaro joriy mavsum A Seriyada jami 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar