“Inter” Pirlo kutayotgan futbolchini oladi

  • 4 dekabr, 2020, 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kristian Eriksenning qishki transferlar davrida Milanni tark etishini inobatga olgan “Inter” rahbariyati uning o‘rniga yangi pleymeyker topdi.

Tecno

Bosh murabbiy Antonio Konte o‘z jamoasida maydon markazini “Udineze” etakchisi Rodrigo de Paulga topshirmoqchi.

“Udineze” o‘z pleymeykerini osonlikcha qo‘yib yubormoqchi emas. Buning uchun “Inter” yaxshigina xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi. Qolaversa, argentinalik futbolchini “Yuventus” bosh murabbiyi Andrea Pirlo ham yozgi transferlar vaqtida o‘z jamoasiga olib o‘tmoqchi.

Rodrigo joriy mavsumda to‘qqizta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini ikki bor aniq nishonga oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!