
"Inter" qariya futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
"Inter" Genrix Mxitaryan bilan shartnomani uzaytirgani haqida o‘z ijtimoiy tarmoqlari orqali xabar berdi.
34 yoshli futbolchining "neradzurrilar" bilan yangi bitimi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Armaniston terma jamoasi etakchisi 2022/23 yilgi mavsumda Milan klubiga kelib qo‘shilgandi. Joriy mavsumda u Italiya chempionati doirasiada 18 bellashuvda maydonga tushib, 2 ta gol kiritgan.
Fikrlar