"Inter" rahbariyati jamoada argentinalik hujumchilar duedini yaratmoqchi

  • 06.04.2022 18:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Tuttosport nashri xabariga ko‘ra, Milanning "Inter" klubi yozda "Yuventus" hujumchisi Paulo Dibalani qo‘lga kiritishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, "neradzurrilar" bosh direktori Beppe Marotta jamoada argentinaliklar hujum duedini yaratmoqchi. Aniqrog‘i, Dibala hamyurti Lautaro Martinesga sherik bo‘lishi mumkin.

Qayd etilishicha, Marotta Dibalaning agenti bilan muntazam muloqot qilib turadi. Shu bois tomonlar bu boradagi muzokaralar uchun mutlaqo ochiq.

Dibala joriy mavsum “Yuventus” safida jami 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!