
“Inter” Shomurodov jamoasidan futbolchi oladigan bo‘ldi. U kim ekan?
A Seriyaning 24-turida “Jenoa”ni o‘z maydonida qabul qilgan “Inter” yozgi transfelar vaqtida genuyaliklar darvozasini qo‘riqlayotgan Mattia Perinni olishga qaror qildi.
Milanliklar Perin jamoaning asosiy darvozaboni Samir Xandanovichga munosib o‘rinbosar bo‘lishini ta’kidlamoqda.
Aslida Mattia Perin “Yuventus” darvozaboni hisoblanadi. Biroq, Turin klubida asosiy tarkibga kira olmagan futbolchi ikki yildan beri Eldor Shomurodov jamoasi darvozasini munosib qo‘riqlab kelmoqda.
Joriy mavsumda Perin A Seriyada 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 27 ta gol o‘tkazib yubordi. Shu uchrashuvlardan oltitasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Fikrlar