
"Inter" yangi mavsum uchun uy libosini namoyish qildi (foto)
"Inter" klubi o‘zining rasmiy saytida yangi 2023/24 yilgi mavsum uchun uy liboslari suratlarini namoyish qildi.
Milan grandining uyda foydalanadigan yangi libosi an’anaviy ko‘k-qora rangda bo‘ladi. Libos “Nike” brendi tomonidan ishlab chiqarilgan.
Klub hamkori sifatida "Paramount+" brendi liboslarda aks etadi. Ushbu brend nomi ostida "Inter" Evropa chempionlar ligasi finalida ham maydonga tushgandi. O‘sha bahsda "neradzurrilar" "Manchester Siti"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.
Fikrlar