"Inter" yarim himoyachisi noma’lum muddatga safdan chiqdi
Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Roberto Galyardini oyog‘idan jarohat oldi va noma’lum muddatga safdan chiqdi.
Klub rasmiy matbuot-hizmati xabariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi chap oyog‘i mushaklaridagi muammo sabab safdan chiqqan.
Futbolchining tiklanib olishi uchun qancha vaqt talab qilinishi haqida shifokorlar keyingi haftada ma’lumot berib o‘tishadi.

Fikrlar