Inzagi Italiyaga chorlayotgan Jasur Jaloliddinov "Benevento" klubiga ko‘rikka bordi. Natija qanday?

  • 25.12.2019 19:08
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, kecha O‘FA va PFL “Yilning eng yaxshilari”ni taqdirlash marosimini o‘tkazdi. Unda “Bunyodkor” klubi yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” deb topildi.

4981577211073

Marosimdan so‘ng Jasur Jaloliddinov SPORTS.uz saytiga marosim, Italiyaga ko‘chib o‘tishi va boshqalar borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

- Ushbu taqdirlash marosimi ajoyib o‘tdi. Ijobiy taassurotlar buni so‘z bilan ifodalash qiyin. Lekin marosim boshlovchisi Mirzahakim aka To‘xtamirzaev to‘g‘ri aytdilar, o‘tgan mavsum yilning eng yaxshi yosh futbolchisi nominatsiyasiga nomzod bo‘lganimda keyingi gal shu sovrinni qo‘lga kiritishim kerakligini maqsad qilgandim va buni uddaladim, juda xursandman. Mukofotni olishimda jamoadagi barchasining hissasi bor. Balki boshqa klubda o‘ynaganimda, ushbu mukofotni qo‘lga kiriti olmasligim ham mumkin edi. Bu mavsum uchun barchaga rahmat aytmoqchiman.

Ochig‘ini aytadigan bo‘lsam, Italiyaning “Benevento” klubiga o‘tishim jarayoni yaxshi ketmoqda. Mashg‘ulotlarda qatnashib keldim. Endi FIFA reglamentiga qaraydigan bo‘lsak, 18 yoshga to‘lmaganim bois keyingi yili birinchi davrani “Bunyodkor”da o‘tkazaman. Ayni paytda italiyaliklarning yakuniy qarorini kutyapmiz.

Odil Ahmedov: Muxlislarni xursand qilish niyatim bor

8631577211339

Transfer narxi? To‘g‘risi, bu borasida ma’lumotga ega emasman. Bu masala bo‘yicha klublar o‘zlari kelishib olishadi. Mening vazifam maydonga chiqib, to‘p tepish. Menga ma’lum bo‘lishicha, “Benevento” jamoasidan taklif “Bunyodkor” klubiga kelib tushgan. Bu borada qanaqadir agent borligini bilmayman, - dedi Jasur Jaloliddinov.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq hamyurtimizga "Benefento" klubi bosh murabbiyi Filippo Inzagining shaxsan o‘zi qiziqish bildirayotganini xabar bergandik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shoxrux MTJ
27/12/2019 17:03
BU SHUNCHAKI PIAR EDI HECH QANDAY ITALIYA YOQ
&
LEGIONER
25/12/2019 19:59
Dono xalqimizda bir gap bor:Podadan oldin chang chiqarma deyishadi bizni jurnalistlar esa huddi shu ishni har doim qilishadi,lekin men Jaloliddinovga omad tilayman.