
Iqboljon Xoldorov oltin medalni qo‘lga kiritdi
Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining bugungi dasturidan o‘rin olgan final bahslari 64 kg vazn toifasidagi jang bilan davom ettirildi.
Ushbu vazn toifasida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgan hamyurtimiz Iqboljon Xoldorov oltin medal uchun Mo‘g‘uliston vakili Chinzorig Baatarsuxga qarshi kurash olib bordi.
Teng kurashlar ostida o‘tgan ushbu qarama-qarshilikda bokschimiz Iqboljon Xoldorov g‘alaba qozondi va Osiyo chempioniga aylandi.
Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionati "FACEBOOK"dagi ushbu sahifada jonli efirda namoyish etilmoqda (Havola).
SPORTS.uz Axborot Portali muxbirlari Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida qayd etilayotgan natijalarni tezkorlik bilan taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Sport Majmuasida ish olib borishmoqda.
SPORTS.uz Axborot Portalidan uzoqlashmang.
Fikrlar