Iqboljon Xoldorov va Rustam To‘laganov nima sababdan jahon chempionatiga bormayotganligiga izoh berildi

  • 21 oktabr, 2021, 15:28
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Boks bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayoniga bir qator mashhur bokschilar, xususan, jahon chempionati sovrindori, Osiyo o‘yinlari va Osiyo chempioni Iqboljon Xoldorov, Olimpiada o‘yinlari bronza medali egasi Rustam To‘laganov ham jalb etilgan edi. Ammo bugun e’lon qilingan yakuniy tarkibdan ular o‘rin olmadi. Bu borada terma jamoa bosh murabbiyi Marat Qurbonovning izohiga ko‘ra, Xoldorov uzoq muddat davomida havaskor musobaqalarda ishtirok etmagani, jarohatlar tufayli faoliyatida uzilish bo‘lgani sababli o‘zining yuqori sport formasiga qayta olmagan. Rustam To‘laganov esa 2016 yil professional boksga o‘tgach, AIBA havaskor bokschilari tarkibidan chiqqan va ushbu davr mobaynida VADA tomonidan tashkil etiladigan antidoping testlaridan o‘tmaganligi bois AIBA unga jahon chempionatida ishtirok etishga ruxsat bermadi. Shahram G‘iyosov esa professional faoliyati davomida bir qancha janglari oldidan antidoping testlari topshirib borgani bois, unga jahon chempionatida ishtirok etish uchun AIBA tomonidan ruxsat berilgan.

To‘lqin Qilichev jahon chempionatiga boradigan murabbiylar shtabiga kiritilmadi. Bunga nima sabab bo‘ldi?

Boks bo‘yicha jahon chempionatiga boradigan tarkib rasman e’lon qilindi. Unda Bahodir Jalolov yo‘q

Boks bo‘yicha jahon chempionatida terma jamoa sardori kim bo‘ladi? Bosh murabbiy javob berdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
22/10/2021 23:42
Ажойиб боксчиларимиз фаолиятларига омад тилаб қоламиз.
Иқболжон Ҳолдоров яҳши формасида бўлганда, таркибда бўлганида ҳам зўр бўлардия.