Iroqlik yosh yulduz faoliyatini Italiyada davom ettirishga yaqin

  • 19 iyun, 2024, 05:58
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Iroqlik yosh iste’dodli vinger Ali Jasim faoliyatini Italiyaning "Komo" klubida davom ettirishga yaqin turibdi. 

Fabritsio Romano xabar berishicha, Jasim Sesk Fabregas jamoasi bilan kelishuvga erishib bo‘ldi. Tez orada 2004 yilda tug‘ilgan futbolchi Italiyaga yo‘l olishi kutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, "Komo" B seriyadan A Seriyaga chiqqan  Shu bilan birga, tarkibda Patrik Kutrone, Simone Verdi kabi tajribali o‘yinchilar bor. 

Jasim bizga O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan 20 yoshlilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi va Qatardagi Osiyo kubogi orqali yaxshi tanish. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!