Ishdan haydalgan Allegri “Yuventus”ni sudga beradi

  • 26 may, 2024, 10:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Yuventus” rahbariyati Italiya kubogi finalida yuz bergan mojaroli holatdan keyin jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegrini iste’foga chiqargan edi.

“Atalanta”ga qarshi kubok finalida turinliklar kichik hisobda g‘alaba qozonib, sovrin sohibiga aylandi.

O‘yinning so‘nggi daqiqalarida bosh hakam Fabio Mareskaning “Yuventus” himoyachisi Bremerga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikni darhol aniqlamagani Massimiliano Allegrini jumbushga keltirdi.

Tajribali murabbiy kostyumini echib otdi, yordamchi hakamga baqirdi. Bosh hakam unga qizil kartochka ko‘rsatdi.

Bu holat klub rahbariyatiga yoqmadi, ular vaziyatdan foydalanib, Allegri bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qildi va mutaxassisga kompensatsiya to‘lamadi.

56 yoshli mutaxassis jiddiy norozilik bildirmoqda. U sud orqali Turin klubidan  9 million evro miqdoridagi kompensatsiyani undirib olishga bel bog‘ladi.

Allegri Turin klubini 2021 yilning may oyidan beri boshqarib kelayotgan edi. Bu davr ichida turinlik futbolchilar uning qo‘l ostida 149 ta uchrashuvda qatnashib, 80 ta g‘alaba, 34 ta durang va 35 ta mag‘lubiyat qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!