
Ishonchli hisobda g‘alaba qozongan "Nasaf" peshqadamga aylandi, Norchaevdan ajoyib reyd va mukammal yakun (video)
O‘zbekiston Superligasi 18-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Nasaf" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda qarshiliklar jiddiy qarshilikka duch kelmadi, 2:0.
Dastlab, 42-daqiqada Umar Eshmurodov aniq zarbasi bilan hisobni ochdi. Husain Norchaev ikkinchi taymda o‘ng qanotdan uyushtirgan reydi orqali jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa, "ajdarlar" ochkolari sonini 35 taga etkazib olgan holda, birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. 13-pog‘onadagi "Surxon" 13 ochko jamg‘argan.
Fikrlar