
Ishonish qiyin! Superliga ilk turida kiritilgan gollar o‘tkazilgan o‘yinlar sonidan kam bo‘ldi
Uzoq kutilgan O‘zbekiston Superligasi starti umuman kutilmagan voqealarga boy o‘tdi.
E’tiborlisi, o‘tkazilgan 7 uchrashuvda umumiy hisobda 6 ta gol urildi. Shulardan 3 tasi 11 metrlik nuqtadan kiritilgani ham statistikaning qiziqarliroq chiqishini ta’minlaydi.
Shuningdek, 3 ta qarama-qarshilikda hisob ochilmadi. Umid qilamiz-ki, keyingi turlarda jamoalar har bir to‘qnashuvda gollar shousini taqdim etadi!
Fikrlar