Isko A Seriyaning kamtargina klubiga yo‘l olishi mumkin

  • 31 dekabr, 2022, 09:34
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyalik yarim himoyachi Isko Alarkon faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Tecno

Futbolchiga A Seriya autsayderlaridan biri "Salernitana" jamoasi qiziqish bildiryapti. O‘z navbatida, pleymeyker o‘ziga yangi klub izlamoqda.

Boisi, 30 yoshli Isko "Sevilya" rahbariyati bilan kelishmovchilik tufayli andalusiyaliklar safini tark etgandi. Ayni paytda u erkin agent bo‘lib turibdi. "Salernitana"dan tashqari, unga MLS va APL jamoalaridan ham takliflar borligi aytilayotgandi.

Salernoliklar o‘tgan mavsum A Seriyada 17-o‘rinni egallab, elitada qolish masalasini bazo‘r hal etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!