Iskoga Bundesligadan xaridor bor
"Sevilya"ning sobiq yarim himoyachisi Isko Alarkonga Germaniyaning "Leyptsig" klubi qiziqish bildirmoqda. Jurnalist Florian Plettenbergning yozishicha, nemis klubi 30 yoshli yarim himoyachini jamoaga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan futbolchi sifatida ko‘rmoqda.
Oldinroq, ispaniyalikning xizmatlariga Bundesliganing boshqa bir klubi "Union" qiziqayotgani haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, Isko hozirda erkin agent hisoblanadi. U o‘tgan yilning oxirida "Sevilya"ni tark etgandi.
"Transfermarkt" portali ispaniyalik futbolchini 9 million evroga baholamoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 19 ta o‘yinda qatnashib, bitta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar