
Islom Bahromov xalqaro turnir finalida
Kecha Belarusda yunon-rim kurashi bo‘yicha Oleg Karavaev sovrini uchun xalqaro turnir start oldi. Mazkur musobaqada Osiyo va Evropaning mahoratli kurashchilari jahon reytingining qimmatli ochkolari uchun kurash olib borishmoqda.
Ushbu mamlakatda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham mazkur musobaqada ishtirok etmoqda. Kecha o‘tkazilgan birinchi kun bellashuvlari natijasiga ko‘ra medallar uchun kurash olib boradigan sportchilarimiz nomi ma’lum bo‘ldi.
Quvonarlisi, Islom Bahromov -63 kg. vazn toifasida finalga etib bordi. Kurashchimiz oltin medal uchun yaponiyalik Shinobu Ota bilan bahs olib boradi. Bahromov bungacha Hindiston va Xitoy terma jamoasining 2 kurashchisini enggan. Shuningdek, -82 kilogrammda Bilan Nalgiev hamda Jalgasbay Berdimuradov, -97 kilogramm vazn toifasida kurashayotgan Jahongir Turdievda va Mahmud Baxshulloevda (-72 kg) bronza medali uchun kurashish imkoniyati mavjud.
Fikrlar