Islom Inomov "Buxoro" murabbiyiga aylandi
O‘z vaqtida O‘zbekiston milliy terma jamoasida to‘p surgan sobiq futbolchi Islom Inomov o‘zini murabbiylikda sinab ko‘radi.
Boisi, u “Buxoro” jamoasi murabbiylar shtabida katta murabbiy lavozimida ish boshladi. Bu borada klub matbuot xizmati xabar tarqatdi. Inomov endilikda bosh murabbiy Hakim Fuzaylovga yaqindan yordam beradi.

Ma’lumot o‘rnida, 2001-2003 yillarda Inomov “Buxoro” jamoasida to‘p surgan. Hozirgi kunda “A” litsenziyasiga ega murabbiy hisoblanadi. Islom oxirgi ikki yil Toshkent viloyati futbol assotsiatsiyasida faoliyat olib borgan.

Fikrlar