
Islom Maxachev jamoasi Iliya Topuriyaning tahdidlariga keskin javob qaytardi
Avvalroq, UFC yulduzi Iliya Topuriya engil vaznda amaldagi chempion Islom Maxachev bilan jang qilsa, uni Xabibning ko‘z oldida bo‘g‘ib qo‘yishini aytgandi. Shundan so‘ng menejer Ali Abdel-Aziz bu tahdidlarga keskin javob qaytardi.
"Maxachev oxirgi 9 ta jangidan 8 tasida muddatdan avval g‘alaba qozondi. Uning bunday natijasini har kim ham takrorlay olmaydi. Shu bois Iliya o‘ziga ortiqcha baho bermasligi kerak. Islom bilan hazillashib bo‘lmaydi" - deb yozdi Abdel-Aziz ijtimoiy tarmoqda.
Ma’lumot uchun, Islom Maxachevning professional MMA dagi rekordi - 27 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat. Iliya Topuriya esa 16 ta uchrashuvning barchasida zafar quchgan.
Fikrlar