Ispaniya bosh murabbiyi mundial tugagach, har qanday natijaga qaramasdan iste’foga chiqadi

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionati yakunida o‘z lavozimini tark etadi. Bu xaqda "Marca" nashri xabar bermoqda.

Manba bergan xabarga ko‘ra, ispanlar qanday natija qayd etishidan qat’i nazar, mutaxassis mundialdan so‘ng terma jamoa bilan xayrlashadi. Uning o‘rnida 57 yoshli ispaniyalik Marselino Garsiya Toral ish boshlashi kutilmoqda. Toral bungacha "Seviliya", "Valensiya", "Vilyarreal" va "Atletik" jamoalarini boshqargan.

Ma’lumot uchun, Enrike 2019 yildan buyon "qizil furiya"ni boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida Ispaniya 2020 yilgi Evropa chempionatida yarim finalga qadar etib borgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!