Ispaniya kubogi. "Real" ishonchli hisobda g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi
Ispaniya kubogi 1/16 bosqichidan o‘rin olgan "Arandina" - "Real" uchrashuvi madridliklarning 1:3 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
O‘yinda Xoselu penaltidan gol urib, hisobni ochgan bo‘lsa, Dias farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. So‘nggi daqiqalarda Rodrigo ham o‘z hisobiga bitta gol yozdirdii. Nacho esa 90+4 daqiqada o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
Shu tariqa, "Real" Ispaniya kubogi chorak finalga yo‘l oldi.

Fikrlar