
Ispaniya La Ligasi. "Barsa"dan "Valensiya"ga "salom"...
“Mestalya” stadionida o‘tgan “Valensiya” – “Barselona” uchrashuvi mehmonlarga ataldi. Bu kecha maydonda Xavi jamoasi kim hukmron ekanini ko‘rsatib qo‘ydi.
Yaqinda “Barsa” safiga qo‘shilgan Obameyang 23 hamda 38-daqiqalarda dublni rasmiylashtirdi. Shuningdek, de Yong (32) bilan Pedri (63) ham g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shishdi. “Valensiya”dan bunday mag‘lubiyatga birgina Soler rozi bo‘lmadi va u 52-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Biroq yakunda Xavi jamoasi “Mestalya”dan 1:4 hisobidagi ajoyib g‘alaba bilan qaytadigan bo‘ldi. Bunday g‘alabadan so‘ng, "Barsa"dan "Valensiya"ga "salom"...
“Valensiya”: Giorgi Mamardashvili, Dimitri Fulke, Omar Alderete, Muktar Diakabi, Xose Gayya (Toni Lato, 65), Karlos Soler, Ilaysh Moriba (Urosh Rachich, 66), Ugo Gilyamon (Maksi Gomes, 46), Brian Xil, Ugo Duro, Gonsalu Gedesh.
“Barselona”: Mark-Andre ter Stegen, Serjino Dest, Ronald Arauxo, Erik Garsiya (Oskar Mingesa, 46), Jordi Alba, Pablo Gavira (Adama Traore, 81), Frenki de Yong (Pedri, 60), Serxio Buskets, Per-Emerik Obameyang (Lyuk de Yong, 81), Ferran Torres, Usmon Dembele (Niko Gonsales, 71).
Fikrlar