Ispaniya — Saudiya Arabistoni oʻyini anshlag bilan oʻtdi
2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Ispaniya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasidagi bahs anshlag bilan o‘tdi.
Atlanta shahridagi "Mersedes-Benz" stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvni 68 239 nafar tomoshabin bevosita tribunadan kuzatdi. Bu arenaning to‘liq sig‘imi hisoblanadi.
Mazkur bahsda Ispaniya terma jamoasi raqibini 4:0 hisobida mag‘lub etdi.
Shu tariqa, mundialning yana bir uchrashuvi to‘liq tribunalar qarshisida o‘tkazildi va muxlislar Ispaniyaning yirik g‘alabasiga guvoh bo‘lishdi.

Fikrlar