Ispaniya Saudiya Arabistonidan barcha asosiy statistikalarida ustun keldi

  • 22.06.2026 01:04
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichi 2-turida Saudiya Arabistonini 4:0 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuv statistikasi ham ispanlarning to‘liq ustunligini ko‘rsatdi. Ispaniya futbolchilari raqib darvozasi tomon 21 marta zarba berishdi. Ularning 12 tasi aniq chiqqan.

Saudiya Arabistoni esa butun o‘yin davomida atigi 3 ta zarba yo‘lladi va ulardan faqat bittasi darvoza sohasiga to‘g‘ri keldi.

To‘p nazorati bo‘yicha ham katta farq kuzatildi. Ispaniya o‘yin vaqtining 66,6 foizida to‘pga egalik qildi. Saudiya Arabistonining ko‘rsatkichі esa 33,4 foizni tashkil etdi.

Shu tariqa, Ispaniya nafaqat hisobda, balki barcha asosiy statistik ko‘rsatkichlarda ham raqibidan sezilarli darajada ustun keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!