
Ispaniyada zo‘r to‘purar paydo bo‘ldi. “Barsa” uni olmoqchi, “Real” esa xalaqit qilyapti
Ispaniya chempionati iqtidorlarga boy. “Atletik” sharaifini himoya qilayotgan Niko Uilyams yangi avlod hujumchilaridan.
21 yoshli forvardning “Atletik” jamoasi bilan kelishuvi yozda tugaydi. Niko baksklarning yangi shartnoma bo‘yicha taklifini qabul qilmadi.
“Barselona” vaziyatdan foydalanib, Uilyamsni o‘z safiga erkin agent sifatida qo‘shib olishni rejalashtirayotgan edi. Endi bu futbolchiga “Real” ham qiziqa boshladi. Madridliklar kataloniyaliklarga o‘z rejasini amalga oshirishga xalaqit qilyapti.
Bundan tashqari, Niko Uilyamsni Angliya Premer-ligasining bir necha klubi o‘z safida ko‘rishni istayapti.
Fikrlar