Ispaniyalik futbolchi "Siti"ga o‘tishni istamayapti

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Brayton" futbolchisi Mark Kukurelya jamoasi bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. U boshqa klubga o‘tishni rejalashtirmayapti. 

Avvalroq, ispaniyalik himoyachiga "Manchester Siti" klubi jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar chiqqan edi. Biroq futbolchining o‘zi Manchesterga ko‘chib o‘tmoqchi emas. 

U ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni xohlaydi. "Shaharliklar" safida unga bunday imkoniyat berilishiga Mark ishonmayapti.

Ma’lumot o‘rnida, Kukurelya o‘tgan mavsum APLning 35 o‘yinida bitta gol va shuncha assist qayd etishga muvaffaq bo‘lgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!