Istomin qattiq kurashdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
Qozog‘istonda tennis bo‘yicha Professional tennis uyushmasi - ATR musobaqalari taqvimidan joy olgan "Chellenjer" turkumidagi "Capital Cup -2016" xalqaro turniri finalida Denis Istomin va birinchi raqamda saralangan yaponiyalik Yoshixito Nishioka o‘zaro kuch sinashdi.
 
Ushbu uchrashuv keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tdi. Denis birinchi setda raqibiga 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Biroq ikkinchi setda 7:6 hisobida ustun keldi.
 
Hal qiluvchi uchinchi setda omad yapon tennischisi tomonida bo‘ldi va u 7:6 hisobida zafar quchib, bosh sovrin sohibiga aylandi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!