Italiya nashri: Mourino bu gal Shomurodovni asosiy tarkibda maydonga tushiradi. Bunga etarlicha sabab bor

  • 20 noyabr, 2021, 17:08
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

20-22 noyabr kunlari Italiyada 13-tur bahslari bo‘lib o‘tadi. Biz uchun ahamiyatlisi, "Roma" ertaga "Jenoa" bilan kuch sinashadi.

Tecno

O‘yin safarda bo‘lib o‘tadi. Rimliklar Eldor Shomurodovning sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:45da boshlanadi.

Italiyaning la gazzetta dello sport nashri ushbu bahsda hamyurtimiz asosiy tarkibda boshlashini ma’lum qildi. Bunga sabab Joze Mourino shogirdi Eldor Shomurodov sobiq jamoasining imkoniyatlarini yaxshi bilgani bois shunday yo‘l tutishi mumkinligi yozildi.

"Roma" ayni paytda 12 turda 19 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. "Jenoa" esa shuncha o‘yinda 9 ochko jamg‘argan holda 17-pog‘onani band etgan. Eldor Shomurodov 10 uchrashuvda bitta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!