Italiya sport vaziri: "Yuventus" bilan bog‘liq hodisalarni e’tiborsiz qoldira olmaymiz. Chunki...
Huquq-tartibot idoralari "Yuventus" ustidan moliyaviy jinoyatlar bo‘yicha tergovni davom ettirmoqda. Bu haqda Italiya sport vaziri Andrea Abodi ma’lum qildi va ungu quyidagicha izoh berdi.
“Yuventus" bilan bog‘liq vaziyat faqat aysbergning uchi xolos. Biz bu hodisalarni e’tiborsiz qoldira olmaymiz. Balki “Yuventus” bitta emasdir. Bu bilan shug‘ullanish vaqti keldi, chunki reglament bo‘yicha ishlagan klublar bor, qoidalarni boshqacha talqin qilgan klublar ham bor. Bu muammo, chunki biz teng raqobatni ta’minlashimiz kerak ", - dedi Abodi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda "Yuventus" direktorlar kengashi aynan mana shu sabab iste’foga chiqqan edi.

Fikrlar