Italiya Superkubogi yana Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi
“Latsio” va “Yuventus” klublari o‘rtasidagi Italiya Superkubogi bahsi Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan bo‘ldi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu uchrashuv 22 dekabr kuni poytaxt Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da start oladi.
Ta’kidlash kerakki, ushbu o‘yinni tomosha qilish uchun stadionga erkaklar bilan bir qatorda ayollar ham tashrif buyurishlari mumkin. Xorijlik ayollar esa sharqona kiyimda kelishlari shart emas.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi Italiya Superkubogi ham Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan edi. Jidda shahri mezbonlik qilgan bahsda “Yuventus” “Milan” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Fikrlar