Italiya terma jamoasi 1938 yildan buyon ilk bor bunday natijani qayd etdi

  • 13 oktabr, 2019, 11:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan bir qator bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Jumladan, Italiya o‘z maydonida Gretsiyani qabul qildi va 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Opta Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra italiyaliklar so‘nggi 81 yilda ilk bor qatorasiga 8 ta o‘yinda g‘alaba qozonishgan. Aytish lozimki, bunday holat so‘nggi bor 1938 yilda sodir bo‘lgandi. O‘shanda Vittorio Potstso boshchiligidagi jamoa ketma-ket 9 ta o‘yinda zafar quchgan.

Eslatib o‘tamiz, Roberto Manchini qo‘l ostidagi Italiya terma jamoasi kechagi g‘alabadan so‘ng muddatidan avval Evro-2020 yo‘llanmasini naqd qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!