Italiya terma jamoasi forvardi uchun 5 ta klub da’vogarlik qilmoqda
Turinning “Torino” klubi forvardi Andrea Belotti yangi mavsumni yangi jamoada boshlashi mumkin.
Italiya terma jamoasi a’zosi uchun «Napoli», «Manchester Yunayted», «Everton», «Milan» va «Fiorentina» da’vogarlik qilishmoqda. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatdi. Ta’kidlash kerakki, Belottining shartnomasiga ko‘ra tovon puli 100 mln evro hisoblanadi. Ammo, bu faqatgina xorij klublariga amal qiladi.
Belotti joriy mavsum A Seriyada jami 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 9 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar