Italiya terma jamoasi himoyachisi bu yil boshqa futbol o‘ynolmaydi

  • 5 iyul, 2021, 15:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rimning "Roma" klubi va Italiya terma jamoasi chap qanot himoyachisi Leonardo Spinatstsola bu yil boshqa maydonga tusholmaydi. Bu haqda Sky Sport Italia xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga qaraganda, shifokorlar 28 yoshli futbolchi safga qaytishi uchun taxminan 6-7 oy vaqt talab etilishini aytishmoqda.

Spinatstsola “Evro-2020”ning chorak finalidan o‘rin olgan Belgiyaga (2:1) qarshi o‘yinda jiddiy jarohat olgan edi.

Leonardo o‘tgan mavsum "Roma" safida jami 39 o‘yinda ishtirok etdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!