
Italiya terma jamoasi hujumchisi faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishi mumkin
Myunxenning "Bavariya" klubi "Fiorentina" jamoasi hujumchisi Federiko Bernardeskini o‘z safiga qo‘shib olish niyatida.
Il Corriere dello Sport nashrining ma’lum qilishicha 22 yoshli Italiya terma jamoasi a’zosining o‘zi ham A Seriyani tezroq tark etishni istamoqda.
Ta’kidlash kerakki, Bernardeskining xizmatlariga shuningdek "Inter", "Chelsi" va PSJ kabi jamoalar ham qiziqish bildirishgan.
Fikrlar