Italiya terma jamoasi jiddiy yo‘qotishga uchradi

  • 25 iyun, 2021, 18:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Yuventus" klubi va Italiya terma jamoasi markaziy himoyachisi Jorjio Kellini Evropa chempionatining1/8 final bosqichidan o‘rin olgan Avstriyaga qarshi o‘yinda ishtirok etolmaydi.

Sky Sport Italia tarqatgan xabarga qaraganda, "Skuadra Adzurra" sardori ushbu uchrashuvga qadar tiklanib ulgurmaydi.

Endi Kellinining o‘rnini “Latsio” himoyachisi Franchesko Acherbi egallaydi. 

Italiya – Avstriya uchrashuvi 26 iyun kuni Londondagi mashhur "Uembli" stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!